Plagin Studio
Go + Angular modullarni brauzerda yozing, yig'ing va bir tugma bilan barcha serverlarga tarqating.
TexnoNode + HubNode Cloud
Server sizda, boshqaruv bulutda. Kirish, bizneslar, plaginlar, yangilanishlar va to'lovlar — bitta tizimda.
Video
Serverni o'rnatish, bulutga ulash va Marketplace'dan plagin qo'shish — hammasi bitta videoda.
▶ YouTube
Arxitektura
HubNode markazi faqat kirish, bizneslar va plaginlarni boshqaradi. Savdo, mijozlar va hisobotlar har bir biznesning o'z TexnoNode'ida qoladi.
Imkoniyatlar
HubNode biznes uchun kerakli hamma narsani bitta tizimga yig'adi — keyin plaginlar bilan kengaytirasiz.
Go + Angular modullarni brauzerda yozing, yig'ing va bir tugma bilan barcha serverlarga tarqating.
SMS, email, rollar va ruxsatlar — barcha serverlar uchun bitta kirish.
Buyruqlar, yangilanishlar va telemetriya bir zumda yetadi.
Bulut uzilsa ham lokal kirish ishlaydi — biznes to'xtamaydi.
MyUzcard, hamyon, plaginlar uchun obuna va bir martalik to'lov.
Har bir API'ni yoqing/o'chiring, so'rovlar jurnalini plagin bo'yicha kuzating.
Claude proxy orqali sayt, blok va plaginlarni AI bilan yarating.
Qanday ishlaydi
Docker, Windows yoki Linux — bir buyruq. Baza va parollar avtomatik sozlanadi.
SMS yoki email orqali kiring — server biznesingizga bog'lanadi va NATS orqali ulanadi.
Marketplace'dan kerakli modullarni o'rnating yoki Studio'da o'zingiz yarating.
Savol-javob
TexnoNode — biznesingiz serveri: baza, plaginlar, sayt va ma'lumotlar shu yerda. HubNode Cloud — markaz: kirish, bizneslar, Marketplace va to'lovlar.
Har filialga alohida TexnoNode qo'ying — barchasi bitta biznesga bog'lanadi va Cloud'dan boshqariladi.
TexnoNode ishlashda davom etadi, xodimlar lokal rezerv orqali kiradi. Aloqa tiklanganda hammasi sinxronlanadi.
Biznes ma'lumotlari serveringizdan chiqmaydi. Buyruqlar imzolanadi, plaginlar Audit'dan o'tadi, har API'ni o'chirib qo'yish mumkin.
O'rnatish 5 daqiqa. Start tarifi — butunlay bepul.